"Bu AQSh uchun “yoqimsiz yangilik”

"Bu AQSh uchun “yoqimsiz yangilik”

Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Rossiya va Saudiya Arabistonining S-400 “Triumf” zenit raketa majmuasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomaning kuchga kirish shartlarini muhokamaga qilganiga izoh berdi.

Parlamentariy Ar-Riyodning Rossiya qurolini sotib olish shartnomasini AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo uchun “yoqimsiz yangilik” deb atadi.

“U Amerika “Petriot” majmualari bir martadan keyin harakatga kelishini tushuntirgandan so‘ng buni kutsa bo‘lardi”, - deya yozgan Pushkov Twitter᾽da.

Pushkovning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumiga qarshi S-400 Amerika tizimidan farqli o‘laroq “vaqti vaqti bilan emas, balki hamisha” nishonni olishga shay.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 “Triumf” zenit raketa tizimini yetkazib berish shartlarini kelishib olgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!