Britaniya razvedkasi: Rossiya Ukrainaga qarshi yadro kallaklari olib tashlagan eski raketalarni qo‘llamoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya Ukrainaga qarshi yadro kallaklari olib tashlagan eski raketalarni qo‘llamoqda

Britaniya razvedkasining so‘nggi hisobotida ma’lum qilinishicha, Rossiya harbiylari Ukrainaga qarshi yadroviy zarbalar berish uchun mo‘ljallangan eski qanotli raketalardan foydalanmoqda. Britaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, birinchi navbatda ulardan yadroviy zaryadlar olib tashlanadi va raketalar hech qanday kallaksiz uchiriladi.

"Ochiq manbalarda e’lon qilingan suratlarda havodan uchiriladigan AS-15 Kent raketa bo‘laklari aks etgan, u, aftidan, urib tushirilgan", — deyiladi xabarda.

Britaniya razvedkasi bu raketalar 1980-yillarda faqat yadro qurolini yetkazib berish vositasi sifatida yaratilganini eslatib o‘tdi. Ukrainaga zarba berish paytida ishlatilgan raketaning jangovar kallagi olib tashlangan yoki, ehtimol, ballast bilan almashtirilgan.

"Bunday inert raketa quroli kinetik energiya va foydalanilmagan yoqilg‘isi tufayli ma’lum darajada zarar keltirishi mumkin bo‘lsa-da, uning mo‘ljallangan nishonga ishonchli zarba bera olishi dargumon", — deydi Britaniya Mudofaa vazirligi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bu kabi raketalar hiyla-nayrang bo‘lib xizmat qilishi va havo hujumidan mudofaa tizimlarining e’tiborini chalg‘itishiga umid qiladi.

Yadro zaryadi o‘rniga ballast o‘rnatilgan X-55 raketasi Kiyev osmonida urib tushirilgani haqida 17 noyabr kuni Ukrainaning ixtisoslashgan Defence Express nashri xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!