Britaniya Gayanaga yordam sifatida mamlakat sohiliga harbiy kemasini joylashtiradi

Britaniya Gayanaga yordam sifatida mamlakat sohiliga harbiy kemasini joylashtiradi

Buyuk Britaniyaning Essekibo hududi atrofida bahs kechayotgan bir sharoitda Gayanani qo‘llab quvvatlash uchun mamlakat sohillariga qo‘riqchi kemasini joylashtiradi, deb yozdi “Financial Times” gazetasi.

Nashrning ma’lum qilishicha, bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Devid Rutli bayonot bergan. Uning ta’kidlashicha, London Essekibo masalasida Gayanani qo‘llab-quvvatlaydi.

Gayana tarkibida turgan Essekibo hududiga Venesuela ham da’vo qilmoqda.

“Trent” nashrining xabar berishicha, ekipaji 60 kishidan iborat bo‘lib, zambarak va pulemyotlar bilan jihozlangan mazkur kema asosan terrorchilikka qarshi mashqlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u qaroqchilik va kontrabandaga qarshi kurash amaliyotlarida ham ishtirok etadi, bortiga vertolyotlarni ham joylashtirish mumkin, deya qo‘shimcha qilgan nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!