Braziliyada prezident ma’muriyati rahbari koronavirus yuqtirdi

Braziliyada prezident ma’muriyati rahbari koronavirus yuqtirdi

Braziliyada prezident Jair Bolsonaro ma’muriyati rahbari Valter Braga Netto koronavirusga chalindi, deb xabar beradi "Interfaks".

Braga Netto o‘z ishini yaxshi bajarmoqda va kasallik simptomsiz kechmoqda, deyiladi ma’muriyat bayonotida. Hozir u izolyasiya qilingan va masofadan turib ishlamoqda.

O‘tgan hafta Braziliya prezidenti va Ilmiy-texnologiya vazirligi rahbariga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Braziliya hali ham koronavirus infeksiyalari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 2,75 milliondan ortiq kasallik tasdiqlangan, 94,665 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!