Bollivud afsonasi 99 yoshida vafot etdi

Bollivud afsonasi 99 yoshida vafot etdi

Taniqli hind kinoaktyori, rejissyor va kinoprodyuser Dilip Kapur (haqiqiy ismi Muhammad Yusuf Xon) Mumbaydagi shifoxonada 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda oilaning yaqin do‘sti Faysal Farukiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

«Chuqur qayg‘u bilan bir necha daqiqa oldin qadrdonimiz Dilip vafot etganini ma’lum qilaman», — deb yozadi Faruki.

Press Trust of India nashrining Kumarni davolagan shifokorga tayanib yozishicha, aktyor mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da uzoq davom etgan kasallik oqibatida vafot etgan. Uning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lmagani aytilmoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Twitter’dagi sahifasi orqali taniqli aktyorning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirgan. «Dilip Kumarni kinematografiyaning afsonasi sifatida eslab yurishadi. U ko‘plab avlod tomoshabinlarini o‘ziga jalb eta olgan misli ko‘rilmagan iste’dod sohibi edi. Uning o‘limi — madaniyat olamimiz uchun katta yo‘qotish. Aktyorning oilasiga, do‘stlari va behisob muxlislariga hamdardlik bildiramiz. Joying jannatda bo‘lsin», — deb yozadi Hindiston hukumati rahbari.

Dilip Kumar umri davomida 63 ta filmda suratga tushgan — asosan bosh rollarda, bir necha bor matbuotda Bollivud tarixidagi eng buyuk aktyor deya tan olingan. Uning «Ram va Shiam», «Shakti» kabi filmlardagi rollari 1960—1970 yillarda mashhurlik olib kelgan. Artistning kinokaryerasi 1944 yildagi filmidan so‘ng boshlangan, Dilip Kumar ijrosidagi so‘nggi film esa 1998 yilda ekranlarga chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning fevralida Raj Kapurning kenja o‘g‘li — aktyor Rajiv Kapur 58 yoshida, 2020 yilning aprelida Bollivud va Gollivud aktyori Irfon Xon 53 yoshda vafot etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!