Bolalar bog‘chasida yong‘in chiqdi. Bolalar evakuasiya qilindi

Bolalar bog‘chasida yong‘in chiqdi. Bolalar evakuasiya qilindi

Irkutsk viloyatidagi bolalar bog‘chasi qozonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 30 ga yaqin bola evakuasiya qilingan. Muassasa Okuna qishlog‘ida joylashgan, deya ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyatdagi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Yong‘in signali 11:40 da (Toshkent vaqti bilan 08:40) olingan. Bino ichida yong‘in chiqqan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, texnikaga zarar yetmagan. Yong‘in o‘chirilgandan so‘ng undan keyingi foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

30 kv.m maydondagi yong‘in 12:10 (Toshkent vaqti bilan 09:10) da o‘chirilgan.

Binodan jami 38 kishi: 10 nafar xodim va 28 nafar bola evakuasiya qilingan.

Voqea yuzasidan prokuratura tekshiruv boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!