Bokschilar Bahodir va Kamshibek jangi Bokuda bo‘lmaydi

Bokschilar Bahodir va Kamshibek jangi Bokuda bo‘lmaydi

Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turnirida ringga ko‘tarilgan 10 nafar bokschimizdan 9 nafari bahslarda g‘alaba qozondi. Faqatgina 63,5 kg. vazn toifasida Asadbek Rajabov mag‘lubiyat alamini totdi.

Jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov +92 vaznda eronlik Ruzbeh Safariga qarshi jang qilib 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va 1/2 finalga yo‘l oldi.

Darvoqe, yarim final doirasida boks muxlislari va mutaxassislari Bahodir Jalolov hamda Kamshibek Kunkabayev o‘rtasida jang bo‘lishini kutayotgan edi. Biroq, Kamshibek 1/4 final jangida rossiyalik Ramazan Karnukayevga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani tark etdi. Shu tariqa Bahodir hamda Kamshibek jangi boshqa musobaqalarga qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!