BMT: Yamandagi ahvol tobora yomonlashmoqda

BMT: Yamandagi ahvol tobora yomonlashmoqda

Hozirgi kunda mamlakatga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 152 davlat ishtirok etayotgan bo‘lsada, Yamandagi ijtimoiy holat yomonlashmoqda. U dunyodagi eng ocharchilikda yashayotgan davlatdir. Ko‘makka muhtoj bo‘lgan kishilar soni 20 million nafarga yetdi (aholining 70 %), bu 2017 yildagiga nisbatan ikki barobar ko‘p degani. Bu haqda BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Mark Loukok xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat Yamanning 330 tumanini qamrab olgan. Hozirgi kunda mamlakatga 152 davlatdan yordam ko‘rsatilmoqda, deya yozadi RIA Novosti.

Ilgariroq Gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarma tomonidan 2019 yilda Yamanga ko‘maklashish uchun 4 milliard dollardan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ lozimligi haqida bayonot bergan edi. BMT mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar yig‘ishni tashkillashtirishni rejalashtirmoqda.

Manba: fitrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!