Bishkekda kuchli shamol tufayli 11 ta maktab va 8 bolalar bog‘chasi zarar ko‘rdi

Bishkekda kuchli shamol tufayli 11 ta maktab va 8 bolalar bog‘chasi zarar ko‘rdi

Bishkekda kuchli shamol tufayli 19 ta ta’lim muassasasi: 11 ta maktab va 8 ta bolalar bog‘chasiga zarar yetdi.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tom qoplamalarini vayron qilgan, maktablar va bolalar bog‘chalari yonidagi hududlarda daraxtlarning ag‘anab tushishi bilan bog‘liq holatlar ham uchrab turibdi.

Ayni paytda tegishli xizmatlar tomonidan qulagan daraxtlarni olib tashlash ishlari olib borilmoqda, tuzilgan komissiya yetkazilgan zarar ko‘lamini aniqlaydi.

Komissiya poytaxtdagi avval tom yopish ishlari olib borilgan barcha ta’lim muassasalarini sifat jihatidan tekshiradi.

1 aprelga qadar maktab o‘quvchilari ta’tilda, bog‘chalar odatdagidek ishlashda davom etadi.

28 mart kuni Bishkekda kuchli shamol boshlangan edi. Buning oqibatlari juda jiddiy bo‘lib chiqdi. Bishkekda favqulodda holat e’lon qilindi. Poytaxtda kuchli shamol paytida yuz bergan hodisalar oqibatida ikki kishi jarohatlandi. Shuningdek, ayrim hududlar elektr ta’minotisiz qolgan.

Chuy viloyatida ham favqulodda holat e’lon qilingan, deb xabar beradi kaktus.media.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!