Bir vaqtda ham gripp ham koronavirus yuqtirib olish xavfi xatarli

Bir vaqtda ham gripp ham koronavirus yuqtirib olish xavfi xatarli

Bir vaqtning o‘zida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirib olish nihoyatda xavfli. Chunki odamning immuniteti birato‘la ikkita kasallikka qarshi kurashishi qiyin. Bu haqda Britaniyaning «Daily Express» gazetasi ma’lum qilmoqda.

Portlenddagi tibbiyot markazi shifokori Ravi Tomarning ushbu nashrga bergan intervyusiga ko‘ra, birato‘la ikkita virusni yuqtirib olish ehtimoli hamisha bo‘lgan. Ayniqsa, 65 yoshdan oshgan keksalar, homilador ayollar, shuningdek, diabet, astma va yurak-qon tomir kasalliklaridan qiynalayotgan odamlar bunday muammoga ko‘proq duch kelishadi.

Ekspertning ta’kidlashicha, bordi-yu, odam birato‘la ikkita virusni yuqtirib oladigan bo‘lsa, uzoq vaqt davolanishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bunday holat o‘lim xavfini oshirishini unutmaslik kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!