Bir tup nasha jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi

Bir tup nasha jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi

Denov tumanida 2020 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 16.45lar chamasida, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Dashtichinor” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi G‘.T.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganida, tandirxonasidan 1 tup “Nasha” o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 25 iyun kuni G‘.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!