"Bir oy ko‘chada yotdi": Buxoroda qurilish firmasidan pulini ololmagan fuqaro o‘zini yoqib yubordi — manba

"Bir oy ko‘chada yotdi": Buxoroda qurilish firmasidan pulini ololmagan fuqaro o‘zini yoqib yubordi — manba

Buxoroda "Great House" qurilish firmasidan pulini ololmagan fuqaro o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda BUKHARA NEWS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur firma tomonidan 2021 yilning avgust oyida qurib, foydalanishga topshirilishi va’da qilingan kottej puli allaqachon to‘langan bo‘lishiga qaramay, fuqaroni oilasi bilan birgalikda ijarama-ijara, sarson-sargardon yurishiga majbur qildi. Yiqqan-terganini ne umidlarda qo‘sh-qo‘llab tutqazgan, oxiri ijara pulini ham to‘lolmay toqati-toq bo‘lgan fuqaro firma quruvchisi Sharipov Ravshandan kottej uchun berilgan pullarini so‘raydi. Quruvchi esa uyni vaqtida topshirmagani yetmagandek, pullarni qaytarishdan ham bosh tortib, «qayerga borsang bor, pulni bermayman» qabilida ish tutgan. O‘z pullarini ololmagan fuqaro esa o‘zini o‘zi yoqib yubordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro orada bir oy ko‘chada yotgan. Uysizlik sabab oilasi ajrashish arafasiga kelib qolgan.

Ayni damda jabrlanuvchi kasalxonada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!