Bill Geyts yana sayyoraning birinchi raqamli milliarderi bo‘ldi

Bill Geyts yana sayyoraning birinchi raqamli milliarderi bo‘ldi

Bloomberg nashriga ko‘ra, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts yana sayyoraning 1 raqamli milliarderi bo‘ldi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Geytsning boyligi 110 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘ringa tushib qolgan Jef Bezosniki esa qariyb 109 mlrd. dollar.

Ikki yil oldin Amazon rahbari Jef Bezos sayyoramiz milliarderlari reytingida Geytsni ikkinchi o‘ringa tushirib qoldirgan edi.

Uchinchi o‘rinda Yevropaning eng boy odami, LVMH korporasiyasi rahbari Bernar Arno turibdi. Uning boyligi tahminan 103 milliard dollar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligi Geytsning korporasiyasi bilan qiymati 10 milliard dollar bo‘lgan 10 yillik shartnoma imzolaganidan keyin u yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!