Bill Geyts: “Koronavirus vaksinasi ham xavfli bo‘lishi mumkin!”

Bill Geyts: “Koronavirus vaksinasi ham xavfli bo‘lishi mumkin!”

Microsoft asoschisi Bill Geyts koronavirus infeksiyasiga qarshi xavfli vaksinalar dunyoda keng tarqalishi mumkinligidan qo‘rqmoqda, chunki ular zarur sinovlardan o‘tmagan va shuning uchun xavflidir, deb yozadi Wired nashri.

“Vaksinalar poygasi" tufayli ba’zi mamlakatlarda hukumatlar xavfli va samarasiz dori vositalarini ma’qullashi va ishlab chiqarishni boshlashlari mumkin”, deydi Geyts "Dunyoning biron bir joyida vaksinasiya to‘liq tartibga solinmasdan turib tadbiq etilishidan qo‘rqmoqdaman”, deb ta’kidlarkan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xitoyda yoki Rossiyada bo‘lishi mumkin.

Geyts, vaksinasiyaning uchinchi (yakuniy) bosqichi natijalaridan qat’i nazar, uning nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash uchun uch-to‘rt oy vaqt kerakligini aytmoqda.

 

Xususan, COVID-19 preparatining ba’zi autoimmun kasalliklarga mosligini tekshirish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!