Bayden o‘z ma’muriyatidagi asosiy lavozimlarga nomzodlarni ma’lum qildi

Bayden o‘z ma’muriyatidagi asosiy lavozimlarga nomzodlarni ma’lum qildi

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatidagi asosiy tayinlovlar to‘g‘risida ma’lum qildi.

"Bugun saylangan prezident Jo Bayden tashqi siyosat va milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoa a’zolarini, xususan, Entoni Blinkenni davlat departamenti rahbarligiga ko‘rsatdi", - deyiladi Bayden jamoasi bayonotida.

Bayonotga ko‘ra, Bayden Jeyk Sallivanni prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Evril Haynsni milliy razvedka direktori etib tayinlamoqchi.

AQSh davlat kotibining ichki xavfsizlik bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Alexandro Mayorkas ichki xavfsizlik vaziri, davlat kotibining Afrika bo‘yicha sobiq yordamchisi Linda Tomas-Grinfild AQShning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sobiq davlat kotibi Jon Kerri prezidentning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili bo‘ladi.

Bayden ushbu tayinlovlar haqida seshanba kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Avvalroq "The Hill" nashri Bayden Blinkenni davlat kotibi lavozimiga tayinlamoqchi ekanligi to‘g‘risida yozgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!