Bayden COVID-19ga qarshi emlangan amerikaliklarga yuz dollardan berishni taklif etdi

Bayden COVID-19ga qarshi emlangan amerikaliklarga yuz dollardan berishni taklif etdi

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklarga koronavirusga qarshi vaksina olishi uchun oldindan yuz dollar berishni taklif etdi, deb xabar bermoqda AQSh moliya vazirligi.
"Bugun prezident shtatlar va hududlar hamda mahalliy hokimiyatlarni yana qayta vaksina olgan fuqarolarga qo‘shimcha rag‘bat tarzida 100 dollardan to‘lashga chaqirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatda emlanish darajasini oshirish, jamiyatni va odamlar hayotini himoya qilishdan iborat. Moliya vazirligi mahalliy hokimiyatlarga ushbu masalada texnik yordam ko‘rsatishga tayyor", - deyiladi moliya vazirligi tarqatgan bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!