Barak Obamaning qizlari polisiyaga qarshi uyushtirilgan namoyishda qatnashishdi

Barak Obamaning qizlari polisiyaga qarshi uyushtirilgan namoyishda qatnashishdi

Amerikaning 44-prezidenti Barak Obamaning qizlari afroamerikalik Jorj Floyd vafotidan keyin AQShda Black Lives Matter harakati tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishlarida qatnashdi. Bu haqda Obama 8 iyun, seshanba kuni efirga uzatilgan CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Oq Uyning sobiq rahbari qizlari Sasha va Maliyaning jismoniy xavfsizligi to‘g‘risida doimo tashvishlanayotganini aytdi. Obamaning so‘zlariga ko‘ra, qizlar "yaxshi va yomonni nozik his qilishadi".

Sobiq prezident, uning qizlari va ularning ko‘plab tengdoshlari "nafaqat shov-shuv ko‘tarishdan", balki "tizimni o‘zgartirishdan" manfaatdor ekanligiga amin.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 25 mayda Floyd polisiya tomonidan keskin tarzda hibsga olingandan so‘ng Minneapolis shahrida reanimasiyada vafot etdi. U ofiserlarga nafas ololmayotganidan shikoyat qildi. Bir kishining o‘limi nafaqat Qo‘shma Shtatlarda, balki Yevropada ham ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqargandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!