Bangladeshdagi yong‘in tufayli 10 ming kishi boshpanasiz qoldi

Bangladeshdagi yong‘in tufayli 10 ming kishi boshpanasiz qoldi

Bangladesh poytaxti Dakkada xaroba kulbalarning yonib ketishi oqibatida kamida 10 ming kishi boshpanasiz qoldi, deya xabar beroqda The Guardian gazetasi.

Yong‘in juma kuni kechqurun shaharning Mirpur tumayonida kelib chiqqan. Olov shunchalik shitob bilan tarqalganki, odamlar uylarini arang tark eta olishgan. Hammasi bo‘lib ikki mingga yaqin kulba yonib ketgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, aksar kulbalarning tomlariga plastmassa qoplamalar o‘rnatilgani bois yong‘in tez tarqalgan.

Hodisa tufayli qurbonlar yo‘q. Yong‘in chiqqan paytda ko‘pchilik hajning tugashini nishonalayotgani uchun uylarida bo‘lmagan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!