Ayni paytga qadar yurtimizda 496 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, 2 nafari vafot etdi

Ayni paytga qadar yurtimizda 496 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, 2 nafari vafot etdi

2020 yil 17 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 627 (+242) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 188 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. (erkak) hamda poytaxtlik 69 yoshli B.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 342 nafar, Toshkent viloyatida 71 nafar, Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 45 970 (+496) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 244 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!