Avdeevka yo‘nalishida beshinchi Abrams yo‘q qilindi

Avdeevka yo‘nalishida beshinchi Abrams yo‘q qilindi

Rossiya harbiylari Avdeevka yo‘nalishida beshinchi Abrams tankini yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.

“Dushman 95 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta tank, jumladan, AQShda ishlab chiqarilgan bitta Abrams, ikkita piyodalar jangovar mashinasi, to‘qqizta avtomobil, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 gaubisasi va ikkita D-30 to‘pini yo‘qotdi”, — deyiladi departament xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu yo‘nalishda “Markaziy” qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari front chizig‘i bo‘ylab vaziyatni yaxshilagan va Ukraina Qurolli kuchlarining 47, 53 va 59-mexanizasiyalashgan brigadalarining 7 ta qarshi hujumlarini qaytargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!