Armaniston va Qozog‘iston YEOIIni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi

Armaniston va Qozog‘iston YEOIIni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Yerevanga tashrifi arafasida har ikki davlat Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqini siyosiylashtirishning oldini olishga harakat qilayotganini aytdi.

«Kazakhstanskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida u, xususan, shunday dedi: «EOII hech qanday siyosiy, hatto geosiyosiy kun tartibiga ham ega bo‘lmagan iqtisodiy birlashmadir. Armaniston va Qozog‘iston tomonlari asosan shu yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydilar..., YEOIIni siyosiylashtirishga bo‘lgan barcha urinishlarni bostirishga intiladilar».

Pashinyanning aytishicha, Armaniston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar yaxshi rivojlanmoqda, biroq bu boradagi salohiyat hali tugamagan. Uning qayd etishicha, Armaniston hukumati chet el sarmoyasi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!