Armaniston KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘yganini rasman e’lon qildi

Armaniston KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘yganini rasman e’lon qildi

Armaniston bu tashkilot mavjudligini, faoliyat yuritishini yoki mintaqamizni tark etishini tushunmaguncha, KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi.

Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan Armaniston jamoat televideniyesi efirida ma’lum qildi.

Simonyan, shuningdek, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Rossiyaga qarshi qaratilgan emasligini ham aytdi.

"Armanistonning harakatlari Armaniston suverenitetini himoya qilishga qaratilgan", - deya ta’kidladi u.

Avvalroq KXSHT bosh kotibi Imangali Tasmagambetov Armaniston so‘nggi paytlarda KXSHT kotibiyati ishida ishtirok etmaganini, biroq kotibiyat Yerevandan a’zolikni to‘xtatib qo‘ygani haqida hech qanday rasmiy bayonot olmaganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!