Argentina muxlisi vidolashuv xatini yozib, g‘oyib bo‘ldi

Argentina muxlisi vidolashuv xatini yozib, g‘oyib bo‘ldi

Argentina terma jamoasi muxlisi Dinu Aleks jamoasining jahon chempionatidagi ishonchsiz ishtirokidan hayratga tushib, o‘lim oldi xat yozib qoldirib, dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan.
 
30 yoshli Aleks Argentina JCh ikkinchi davra o‘yinlari doirasida Xorvatiyadan yirik mag‘lubiyatga uchragach uydan chiqib ketgan. Aleks Argentina terma jamoasining chempionatdagi muvaffaqiyatsizligiga chiday olmasligini yozib xat qoldirgan.
 
Favqulodda xizmatlar muxlisning uyi yaqinidan oquvchi Minachil daryosi (Hindiston, Kerala shtati) atrofida qidiruv ishlarini olib boryapti.
 
Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni Argentina Xorvatiyaga 0:3 hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ayni vaqtda Argentina guruhda ikki o‘yin o‘tkazib, bir ochko to‘plagan. 

Manba: qalampir.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!