Aqto‘bedagi avtobus yong‘inida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning yaqinlariga 5200 dollarlik tovon to‘lanadi

Aqto‘bedagi avtobus yong‘inida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning yaqinlariga 5200 dollarlik tovon to‘lanadi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus haydovchilariga 9 noyabr kuni hukm o‘qildi.

Sud qaroriga muvofiq,sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik uchun ularning oila a’zolariga 2 million tenge miqdorida (5300 dollar atrofida) tovon puli to‘lashadi, deya xabar berdi “Interfaks” agentligi.

2018 yilning 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida, Samara-Chimkent trassasi 1068-kilometrida haydovchilar bilan birga jami 57 kishi bo‘lgan avtobus yonib ketgandi.

Avtobusning yonib ketishiga texnik nosozlik va xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik sabab bo‘lgani aytilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!