AQShning Kanzas shtatida anomal issiq va qurg‘oqchilikdan 10000 bosh qoramol nobud bo‘ldi

AQShning Kanzas shtatida anomal issiq va qurg‘oqchilikdan 10000 bosh qoramol nobud bo‘ldi

Tinch okeanidagi ''La-Ninyo'' fenemoni faollashuvi shimoliy yarim shar ba’zi subtropik, mo‘’tadil iqlim mintaqalarida jazirama anomal issiq havo oqimlarini jonlantirdi.

Evropaning janubi-g‘arbiy qismidan kirib kelayotgan issiq havo to‘lqini Yevropa markazi, xususan, Fransiyaga ham yaqinlashmoqda. Ispaniyaning Andalusida harorat maksimumi +43 darajaga ko‘tarildi.

Jahon meteorologik tashkiloti ekspertlari mazkur yil oxiriga qadar ''La-Ninyo'' hodisasi davom etishini prognoz qilishdi. Bu kelayotgan qishgacha ko‘plab mintaqalarda qurg‘oqchilik bilan birga ekstremal tabiat hodisalar (to‘satdan yog‘uvchi jala yog‘in, tropik po‘rtanalar va bir muddat sovib ketish) tez-tez o‘rin almashinuvchi mintaqalar ko‘payishini anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!