AQShda farroshning xatosi sabab 1 900 doza Moderna vaksinasi yaroqsiz holatga keldi

AQShda farroshning xatosi sabab 1 900 doza Moderna vaksinasi yaroqsiz holatga keldi

AQShda farroshning xatosi tufayli Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi 1 900 doza vaksinasi yo‘q qilindi. Bu haqda “ABC News” telekanali xabar bermoqda.

Hodisa Bostonda sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, farrosh tozalash ishlarini bajarayotganda tasodifan muzlatgichni elektrdan uzib qo‘ygan. Muzlatgich xavfsiz joyda bo‘lgan va unga signalizasiya o‘rnatilgan. Shunga qaramay, ma’lum sabablarga ko‘ra signalizasiya ishlamagan. Harorat tushishi tufayli 1,9 ming doza vaksina yaroqsiz holga kelgan.

Ma’lumot o‘rniga, Moderna vaksinasi muzlatilgan holda yoki muzlatgichda 2 dan 8 darajagacha bo‘lgan haroratda 30 kun davomida saqlanishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!