AQShda ayol pomidor sababli Burger King xodimlariga tashlandi

AQShda ayol pomidor sababli Burger King xodimlariga tashlandi

AQShning Michigan shtatidan bo‘lgan ayol pomidor sababli Burger King xodimlariga hujum qilganidan ikki hafta o‘tib qo‘lga olindi deb yozadi Forum Daily.

Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli Porsha Tayler Michigan shtatining Livoniya shahridagi Burger King ga kirib, gamburgeridan solinishi kerak bo‘lmagan pomidor chiqqani uchun tovon puli to‘lashni talab qilgan.

Xodim u bilan hushmuomalik bilan gamburgerni almashtirib berishni taklif qilgan , deydi Livoniya shahri polisiyasi Ron Tayg.

Ayol murosa qilishni xohlamagan. Burger King xodimlari unga restoranda ovqatlanish uchun chegirma taklif qilishgan, biroq ayol naqd pul ko‘rinishida kompensasiya talab qilgan.

Kuzatuv kamerasida yozib olingan video lavhada ayolning baqirib, Burger King xodimlarini tashlanganini ko‘rish mumkin.

Voqeadan ikki hafta o‘tgach, polisiya ayolni qo‘lga olgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!