AQSh Xitoyga qarshi, Kanada esa uning “yonini olmoqda”

AQSh Xitoyga qarshi, Kanada esa uning “yonini olmoqda”

Kanadada Xitoyning koronavirus epidemiyasi bo‘yicha statistikada yolg‘on ma’lumotlar berayotgani to‘g‘risida dalillar yo‘q, dedi Kanada sog‘liqni saqlash vaziri Patti Xaydu Ran.

Avvalroq, “Bloomberg” agentligi razvedka xizmatlari tomonidan Oq uyga taqdim etilgan mahfiy hisobotga asoslanib, XXR hukumati epidemiyani yashirayotgani va koronavirus infeksiyasi qurbonlarining umumiy sonini kamaytirayotgani haqida xabar bergan edi.

"Xitoy ma’lumotlarida infeksiya va o‘lim darajasi to‘g‘risidagi faktlarning biron bir tarzda soxtalashtirilganligi haqida hech qanday alomatlar yo‘q", dedi vazir jurnalistlarga.

Xayduning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda ma’lumot yig‘ish Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan kuzatilmoqda. Soxtalashtirish haqidagi asossiz da’volar esa fitna nazariyalariga asoslangan ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!