AQSh Saudiya Arabistonini himoya qilish uchun Fors ko‘rfazida esminesini joylashtirdi

AQSh Saudiya Arabistonini himoya qilish uchun Fors ko‘rfazida esminesini joylashtirdi

AQSh Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy havo kengliklarini mudofaa qilish uchun Fors ko‘rfaziga raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan USS Nitze ("Nitse") esminesini yubordi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

AQShning ta’kidlashicha, Eron 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy havo kengliklari orqali qirollik neft korxonalariga zarba bergan.

Nitze esminesi 500 km masofaga uchuvchi 74 ta SM-3 raketaga qarshi raketalari hamda 1,6 ming km masofadagi nishonni yo‘q qiluvchi Tomahawk ("Tomagavk") raketalari bilan jihozlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Fors ko‘rfazi janubida AQShning yana bir USS Gonzalez ("Gonsales") esminesi joylashgan. Yana bir esminesi esa Fors ko‘rfazining markaziy qismida turibdi.

Bundan tashqari, Ummon ko‘rfazida USS Abraham Lincoln ("Avraam Linkoln") atom aviatashuvchisi, raketali kreyser va ikkita esminesdan iborat zarba beruvchi guruh joylashtirilgan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!