AQSh samolyoti halokatga uchradi

AQSh samolyoti halokatga uchradi

AQSh Dengiz flotiga qarashli “F-18” rusumli harbiy samolyoti Yaponiyaning Okinava orolida halokatga uchradi.
 
Gap shundaki, “USS Ronald Reagen” kemasidan havoga ko‘tarilgan samolyot halokatga uchragan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qanotlaridagi nosozlik tufayli qulagan.

Yaponiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Osamu Kosakaining jurnalistlarga bergan bayonotida samolyotdagi ikki kishi halokat paytida parashyutdan sakrab omon qolgani ma’lum qilingan.
 
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Okinava orolida AQShning harbiy bazasi bor. U yerda 47 ming harbiy faoliyat yuritadi.

Manba: qalampir. com

 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!