AQSh Rossiya tufayli Afrika davlatiga qo‘shin yubormoqchi

AQSh Rossiya tufayli Afrika davlatiga qo‘shin yubormoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Tunisga qo‘shimcha harbiy qo‘shin yuborishi mumkin, bunga Rossiyaning Shimoliy Afrikadagi xatti-harakatlari sabab, dedi AQSh Qurolli kuchlarining Afrika bo‘yicha qo‘mondoni Stiven Taunsend.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, Vashington "Rossiya Liviya mojarosi alangasini yoqayotgani" sababli mintaqadagi xavfsizlikdan xavotirda. Qo‘shma Shtatlar mumkin bo‘lgan javob choralarini o‘rganmoqda, ular orasida brigadadan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Taunsend.

26 may kuni AQSh Qurolli kuchlarining Afrika bo‘yicha qo‘mondonligi Rossiyani Liviyaga o‘z samolyotlarini topshirishda aybladi. AQSh harbiy kuchlari bir necha MiG-29 va Su-24 samolyotlari bu mamlakatga ko‘chirilganini va bir nechta fotosuratlarni chop etganligini ma’lum qildi. Pentagonning ta’kidlashicha, samolyotlar Rossiya yollanma ishchilari tomonidan Liviya Milliy Armiyasi dala marshali Xalifa Xaftarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.

Kreml va Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotga izoh bermadi, Davlat Dumasi va Federasiya Kengashi bu ma’lumot yolg‘on yekanligini aytdi. Liviya milliy armiyasining vakili Amerika armiyasining tegishli nashrlarini g‘alati deb atadi va yaqin kelajakda ushbu mavzu bo‘yicha maxsus bayonot berilishini va’da qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!