AQSh prezidenti: “Men ehtimoliy tanazzulga tayyorman. Ammo Amerika iqtisodiyotida pasayish bo‘lmaydi!”

AQSh prezidenti: “Men ehtimoliy tanazzulga tayyorman. Ammo Amerika iqtisodiyotida pasayish bo‘lmaydi!”

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kelajakda AQSh iqtisodiyotida pasayish bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

«Men pasayishni ko‘rmayapman. Dunyo hozirda tanazzulga yuz tutmoqda. Shunga qaramay, bu (iqtisodni barqarorligi) juda yaxshi holat. Shu bilan birga, men ehtimoliy tanazzulga tayyorman. Biz ko‘p ishlarni qila olamiz», dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda iste’molchilar «etarlicha pulga ega».

Yana Trampning ta’kidlashicha, iqtisodchilar ham uni qo‘llab-quvvatlamoqda. «Ularning aksariyati bizda turg‘unlik bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda», dedi Tramp.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!