AQSh Maxfiy xizmati Trampning xavfsizlik guruhini kuchaytirishga qaror qildi

AQSh Maxfiy xizmati Trampning xavfsizlik guruhini kuchaytirishga qaror qildi



AQSh Maxfiy xizmati Pensilvaniyadagi mitingda suiqasd uyushtirilganidan keyin sobiq prezident Donald Tramp saylovoldi tashviqoti tugaguniga qadar xavfsizlik choralarini kuchaytirganini ma’lum qildi.
Trampning xavfsizlik guruhi kuchaytirilishini e’lon qilgan AQSh Maxfiy xizmat direktori Kimberli Chitl, Respublikachilar partiyasining Milwaukee'dagi kongressi uchun rejalangan xavfsizlik choralarini ham ko‘rib chiqayotganliklarini aytdi.
“Iyun oyida sobiq prezident Trampga taqdim etgan qo‘shimcha xavfsizlik yaxshilanishlariga qo‘shimcha ravishda, shanba kunidan (suiqasd sodir etilgan kundan) boshlab Trampning Respublikachilar partiyasi qurultoyida va saylov kampaniyasi oxirigacha himoyasini ta’minlash uchun xavfsizlik bo‘yicha o‘zgarishlar kiritdik. - dedi Chitl.
Agentlik rahbari Maxfiy xizmat xodimlarining samaradorligi otishmani tezda yo‘q qilishga imkon berganini ta’kidlab, siyosatchi xavfsizligini yanada ta’minlash choralari ko‘rilganini qo‘shimcha qildi.
New York Post gazetasining yozishicha, Tramp amaldagi prezidentlarga hamrohlik qilayotgan xavfsizlik xodimlari soniga nisbatan ancha kam sonli xavfsizlik xodimlari bilan sayohat qiladi va sobiq prezidentning tansoqchilari AQSh hukumatidan snayperlarning ehtimoliy hujumlariga qarshilik ko‘rsatish uchun mablag‘ olmaganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!