AQSh hamma joyda vayronagarchilik qilmoqda,- Zaxarova

AQSh hamma joyda vayronagarchilik qilmoqda,- Zaxarova



Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifini shunday izohladi.

"Vashington dunyoga beqarorlik keltirmoqda. O‘tgan o‘n yilliklarda birorta ham hal qilingan mojaro emas, balki ko‘plab qo‘zg‘atilgan mojarolar", - deb yozdi u Telegram kanalida.

Tayvanning “Chjunguo Shibao” gazetasi saytida Tayvandagi AQSh assosiasiyasi binosi yonida namoyishlar aks etgan video paydo bo‘ldi. Unda odamlar haqoratli yozuvlar, shuningdek, "Ket" va "Siz bu yerga tegishli emassiz" degan chaqiriqlar bilan plakatlarni ushlab turishadi.

Avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi Tayvandagi 100 dan ortiq oziq-ovqat kompaniyalarining 3000 dan ortiq mahsulotini materik Xitoyga import qilishni to‘xtatgan edi. Bu, shuningdek, Nensi Pelosining Taypeyga tashrif buyurishi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!