AQSh da’vosi: Rossiya Liviyaga qurol jo‘natyapti

AQSh da’vosi: Rossiya Liviyaga qurol jo‘natyapti

AQSh harbiy kuchlarining da’vo qilishicha, Rossiya qurol savdosiga qo‘yilgan ta’qiqni buzib, Liviyadagi o‘z harbiylariga, xususan urush avj olgan Sirta shahriga harbiy jihozlarni jo‘natmoqda.

AQSh armiyasi Afrika bo‘limining 25 iyulda bergan ma’lumotida aytilishicha, fazodan olingan suratlarda Rossiyaning yuk tashuvchi samolyotlari harbiy ta’minotni olib kelayotgani aniqlangan.

“Rasmlar ruslarning bu yerga ta’minot olib kelganini ko‘rsatmoqda. Ular Liviyada o‘rin egallash uchun harakatlarni davom ettirmoqdalar. Rossiyaga tegishli bo‘lgan havo hujumlaridan himoya qurollari, jumladan SA-22s hozirda Liviyada bo‘lib, ulardan ruslar foydalanmqoda” deydi AQSh armiyasi generali Gregori Hadfild.

NATO Liviyada 2011 yili notinchliklarni yuzaga keltirdi va unda uzoq yillik mamlakat rahbari Muammar Gaddafi taxtdan ag‘darildi hamda o‘ldirildi. Liviyada shundan beri tartibsizliklar davom etmoqda.

Neftga boy bo‘lgan Liviya o‘shandan beri ikki hududga bo‘lib olindi. Mamlakatning poytaxti Tripoli va shimoliy-sharqiy hududini xalqaro tan olingan hukumat o‘z nazoratiga olgan bo‘lsa, Halifa Haftar va uning Liviya Milliy Armiyasi mamlakat sharqini egallagan. Haftar BAA, Rossiya va Misr tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqaro jihatdan tan olingan hukumat homiysi esa Turkiya hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!