AQSH: 15 yilda eng kamida 140 nafar bola polisiyachilar tomonidan o‘ldirildi

AQSH: 15 yilda eng kamida 140 nafar bola polisiyachilar tomonidan o‘ldirildi

AQShda 2003-2018 yillarda eng kamida 140 nafar bola polisiya tomonidan o‘ldirilgani ma’lum qilindi.

"Daily Mail" nashrining xabar qilishicha, mamlakatdagi "Nationwide Children's Hospital" pediatriya ta’lim shifoxonasi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari "Pediatrics" jurnalida chop etilgan.

Izlanishlar davomida AQShda polisiya 2003-2018 yillarda 12 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 140 nafar bolaning hayotiga zomin bo‘lgani, 113 o‘limda o‘q otar quroldan foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

Polisiya tomonidan o‘ldirilgan bolalarning katta qismini ozchilik vakillari tashkil etib, 93 foiz holatda o‘g‘il bolalar ekan, qora tanli bolalarning polisiya vakillari qo‘lida vafot etishi ehtimoli oq tanlilardan 6, kelib chiqishi lotin amerikalik bo‘lgan bolalarga qaraganda esa 3 barobar yuqori ekani ma’lum bo‘ldi.

Izlanish davomida, shuningdek, AQShda har yili qariyb 1300 nafar bola, ularning katta qismi o‘g‘il bolalar, qurol yordamida otib o‘ldirilgani aniqlandi. Ushbu holatlarning aksariyatida aka-uka yoki boshqa yaqinlarning qurolni o‘ynashi sabab bo‘lgan.

“Bir bolaning har qanday sabab bilan o‘ldirilishi, aslida, nafratga sazovor, biroq polisiya zo‘ravonligi natijasida yuzaga kelishi tizimga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Irqchilik va etnik tafovutlarning mavjudligi esa bu fojiani yanada og‘irlashtiradi. Bu holatlarni o‘rganish, aniqlash va bartaraf etish muhim”, - dedi tadqiqot guruhi rahbari doktor Monika Goyal.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!