Apple rahbari xodimlarni tik turib ishlashga majbur qilishini ma’lum qildi

Apple rahbari xodimlarni tik turib ishlashga majbur qilishini ma’lum qildi

Kukning aytishicha, kompaniyaning barcha xodimlari turib ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus stollar olgan. Kuk uzoq o‘tirishning xavfli ekanini ta’kidlagan holda, bir shifokorning “o‘tirgancha o‘tkaziladigan turmush tarzi – bu yangi saraton” degan so‘zlarini keltirib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, agar muayyan vaqt turib, keyin esa o‘tirib ishlansa va shu tariqa davom ettirilsa, bu turmush tarzi uchun foydaliroq bo‘lar ekan.

Stollarni maxsus pult yordamida “turib ishlash” holatidan “o‘tirib ishlash” holatiga o‘tkazish mumkin. Kukning ta’kidlashicha, bunday stollar qurilishiga 5 mlrd dollardan ko‘proq pul sarflangan bosh qarorgohning o‘ziga xos jihatlaridan biridir.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!