Anjelina Joli nega Bred Pittni kuzatish uchun josuslar yolladi?

Anjelina Joli nega Bred Pittni kuzatish uchun josuslar yolladi?

Mana, ikki yildirki, aktyor va aktrisa Bred Pitt hamda Anjelina Joli o‘rtasida nikohni bekor qilish jarayoni hal bo‘lganicha yo‘q, deb ta’kidlamoqda Segodnya nashri.

Eng yomoni, ular olti farzandga kim otaliq qilishi borasida kelishuvga erisha olishmayapti.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida Bred Pitt bolalari bilan ko‘rishib turish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bundan g‘azablangan Anjelina Joli Bred Pittni kuzatish uchun bir necha josuslarni yollagan.

“Joli Bred haqidagi axborotlarni sudda qo‘llash uchun shunday yo‘l tutgan”, deydi insayderlardan biri.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!