Andijon viloyat hokim masjid muazziniga mashina sovg‘a qildi

Andijon viloyat hokim masjid muazziniga mashina sovg‘a qildi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov  "Andijon bulbuli" nomini olgan "Devonaboy” jome masjidi muazzini Muhammadjon Temirovga "Ravon” avtomobili topshirdi.

"To‘g‘ri, dinimiz uchun arzimas sovg‘a, muhimi, men sizga qalban o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Dinimiz uchun qanday yordam kerak bo‘lsa, tun-u kun doim tayyorman. Zero, bugungi kunlarni ko‘rsatgan Allohga shukr, – dedi Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov. "Andijon  bulbuli" Muhammadjon qorining go‘zal qiroat bilan o‘qigan Qur’on tilovati va duoi xayrlar tadbirga yakun yasadi.

 

Olimbek Tursunov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!