Ana xolos! Rossiya kuchaysa, dunyoda falokat yuz beradimi?

Ana xolos! Rossiya kuchaysa, dunyoda falokat yuz beradimi?

Washington Examiner muallifi Tom Roganning fikricha, agar Rossiya yoki Xitoy hozirda AQSh tomonidan boshqarilayotgan jahon tartibini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lsa, u holda insoniyat falokatga yo‘liqadi.

Uning fikriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar dunyoni yaxshiroq qildi, sababi AQSh hukumati mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik tamoyillariga amal qilib kelmoqda. Roganning qayd etishicha, AQSh tufayli dunyoda katta miqyosdagi urushlar kuzatilmayapti.

Boshqa yirik davlatlar, jumladan, Rossiya va Xitoy, aksincha, bunday prinsiplarga rioya qilishni istamaydi va har qanday vaziyatdan faqat manfaat izlaydi, deb yozadi nashr muallifi.

«[Xitoy yetakchisi] Si Szinpin va [Rossiya prezidenti Vladimir] Putin Venesuela aholisi ocharchilikdan azob chekayotgani, tilanchilik va fohishalik bilan shug‘ullanayotganini kuzatib, bunday tomoshadan juda ham baxtlilar», - deb yozadi Rogan.

Uning fikricha, mamlakat prezidenti Nikolas Maduro Rossiya hamda Xitoy rasmiylariga zarur bo‘lgan narsani amalga oshirayotgan ekan, Venesueladagi vaziyat Rossiya va Xitoyda hech qanday e’tirozlar uyg‘otmaydi.

Roganning xulosa qilishicha, agar shunday tamoyillarga ega bo‘lgan mamlakatlar jahon tartibini o‘zgartiradigan bo‘lsa, unda insoniyatni «falokat» kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!