Ana xolos! Muzqaymoq yeyishga chiqqan ota o‘g‘lini yo‘qotib qo‘ydi

Ana xolos! Muzqaymoq yeyishga chiqqan ota o‘g‘lini yo‘qotib qo‘ydi

Blagoveshenskda yashovchi erkak kechqurun soat uchda muzqaymoq yeyishga chiqib, o‘g‘lini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda "Amur.info" nashri xabar tarqatdi. Bolakayning xolasi o‘sha vaqtda erkak mast bo‘lganini aytmoqda.

— Onasi kecha o‘g‘lini otasi bilan uyda qoldirib, ketgandi. Tushunishimcha, otasi mast bo‘lgan. Bugun ertalab onasi qaytsa, bola yo‘q. Otaning aytishicha, u kechqurun o‘g‘li bilan magazinga muzqaymoq yegani chiqqan. Muzqaymoq xarid qilib, uyga qaytayotganda esa o‘g‘lini yo‘qotib qo‘ygan, — deydi ayol.

Keyinchalik yo‘qolgan bolaning surati ijtimoiy tarmoqlarga joylangan. Natijada bolakay uch kvartal naridan topilgan.

Xabarlarga qaraganda, ayni damda bolaning ahvoli yaxshi. U hozir polisiyada. Vaziyat o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!