Ana xolos! Hech kim Jazoir prezidenti bo‘lishni istamayapti

Ana xolos! Hech kim Jazoir prezidenti bo‘lishni istamayapti

Jazoir Konstitusion kengashiga prezident saylovida qatnashishga da’vogarlarning hech biridan hujjat kelib tushmadi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, nomzodlar uchun kerakli hujjatlarni topshirish muddati 25 may kuni nihoyasiga yetgan. Bundan holatda saylov uchun boshqa kun belgilanishi kutilmoqda. Avvalroq Reuters agentligi Jazoirda ommaviy norozilik namoyishlari tufayli 4 iyulga rejalashtirilgan saylov yil oxiriga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi.

Ayni payt mamlakatni Abdulqodir ibn Saloh vaqtinchalik boshqarib turibdi. U mazkur lavozimga parlament tomonidan 9 aprelda tasdiqlangan. Avvalgi prezident – Jazoirni 20 yil boshqargan Abdulaziz Buteflika xalqning noroziligi tufayli iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!