Ana xolos! Dahshatli tush ko‘rishning ham foydasi bor ekan

Ana xolos! Dahshatli tush ko‘rishning ham foydasi bor ekan

Olimlar qo‘rquvga soluvchi dahshatli tushlarning ijobiy tomonini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning fikricha, bunday tushlar asab tizimini “mashq qildiradi” va shu orqali asablarni real stressli vaziyatlarga tayyorlaydi, deydi “xabardor.uz”.

Qo‘rqinchli tush miya qismlarini faollashtiradi

Tadqiqotning birinchi bosqichida 18 ta ko‘ngilli ishtirok etdi. Elektroyensefalograf tekshiruvi yordamida mutaxassislar uyqu vaqtida ishtirokchilarning bosh miya faoliyatini tekshirishdi. Ularning boshiga 256 ta datchik mahkamlandi.

Hamma narsa tayyorlab olingach, har bir ishtirokchi kechasi bir necha marta uyg‘otilib, qo‘rqinchli tush ko‘rdimi-yo‘qmi, so‘ralgan. Olingan natijalar qayd qilib borilgan.

Natijalarga ko‘ra “Dahshatli tush ko‘rgan vaqtda miyaning qaysi qismlari faollashishini bilmoqchi bo‘ldik. Shu maqsadda ishtirokchilarning qo‘rqinchli tush ko‘rgan va ko‘rmaganligi haqidagi javobiga qarab, tushda qo‘rquv hissiga javob beruvchi miyaning ikki asosiy bo‘limi faollashishini aniqladik. Markaziy qism uyg‘oqlik vaqtidagi hissiyotlarga javob beradi va u qo‘rquvni his qilganimizda faollashadi. Old bo‘lim esa organizmni xavf reaksiyasiga tayyorlaydi. Tadqiqotlarda biz uyg‘oqlik va uyqu vaqtida miyaning, aynan, bir xil qismlari faollashishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik”, – deydi Jeneva universiteti xodimi, olim Lampros Perogamvros.

Shundan so‘ng, olimlar yana bir tadqiqot o‘tkazishdi. Bu galgi tadqiqotda 89 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular ertalab uyg‘ongach, tushda ko‘rganlari va hissiyotlarini qayd qilib borishlari kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng magnit-rezonans tomografiyasi yordamida ishtirokchilarning zo‘ravonlik va ofatlar aks ettirilgan suratlarga javob reaksiyasini aniqlashdi. “Uyqu vaqtida inson qancha ko‘p qo‘rquvni his etsa, miya bo‘limlari shuncha kam faollashadi. Bu esa bizni xavfni kutib olishga tayyorlaydi”, – deydi olim Perogamvros.

Endi Jeneva universiteti olimlari bemorlardagi xavotir holatini tush ko‘rish terapiyasi orqali davolashni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!