Allohga chiroyli qarz beradigan bormi – Qarzi hasan nima?

A A A
Allohga chiroyli qarz beradigan bormi – Qarzi hasan nima?

Insoniyat jamiyati borki, unda odamlar o‘zaro muloqotda bo‘ladi, turli munosabatlar o‘rnatadi va albatta har xil ko‘rinishda oldi-berdi ham bo‘ladi. Xususan, qo‘ni-qo‘shnilar va tanish-bilishlar o‘rtasida biror buyumlarni foydalanish uchun berib turish, ijaraga taqdim etish holatlaridan tashqari, qarz oldi-berdisi ham bo‘lishi shubhasiz. Qarz umuman olmayman, yoki umuman qarz bermayman, degan inson dunyo hayotida topilmasa kerak, ya’ni har qanday inson umrida bir marta bo‘lsin, kimdandir qarz oladi yoki kimgadir qarz beradi.

Shu bilan birga, qarz oldi-berdisi bilan bog‘liq munosabatlarda qarz olganning o‘z vaqtida qaytarmasligi yoki qarzni qaytarishga shoshilmasligi, qarz berganning haqini talab qilishida haddidan oshishi, zulm qilishi kabi holatlar tez-tez quloqqa chalinadi.

Ayni chog‘da, Islomda qarz berishning yana bir tushunchasi ham borki, bu ham bo‘lsa, Allohning O‘ziga chiroyli qarz – qarzi hasana berishga bo‘lgan chaqirig‘idir.

Xo‘sh, Islomda bu ijtimoiy muomala qanday tartibga solinadi? Islom moliyasi saytida e’lon qilingan maqolada shu savolga javob olishingiz mumkin.

«Qarz» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «kesish» degani. Qarz beruvchi o‘z molidan bir qismini kesib (uzib) bergani bois shunday deyilgan. Qarz, «kimdir foydalanishi va qaytarib berishi uchun berilgan mablag‘», - deya ta’riflangan. Qarz beruvchi bergan qarzidan ortig‘ini talab qilishi, ribo (sudxo‘rlik)dir. «Qarzi hasan» – yaxshi qarz degani. Demak, qarz berishning yaxshisi ham, yomoni ham bo‘ladi.

Qarz, qaytarish sharti bilan Alloh taolo roziligini istab muayyan muddatga beriladi. Ammo qarzni kechib yuborgan yaxshiroqdir, zero Alloh taolo Baqara surasi, 280-oyatida shunday marhamat qiladi:

«Agar (qarzdor) qiynalsa, boyigunga qadar kutish lozim. Agar bilsangiz (bergan qarzingizni qarzdorga) cadaqa qilmog‘ingiz, o‘zingiz uchun yaxshidir».

Qur’oni karimda «qarzi hasan» iborasi bir necha bor zikr etilgan, jumladan Hadid surasining 11-oyatida Alloh taolo:

«Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?! Bas, U zot unga bir necha marta ko‘paytirib qaytaradi va unga karamli ajr bor», - deya xitob qiladi.

Mufassirlar qarzi hasananing mukofoti jannat, deyishgan.

Qarzdor noqulay holatda bo‘ladi. Ana shu holatni e’tiborga olib, qarzdorga osonlik yaratgan boyga qiyomat kuni Alloh taolo tomonidan osonlik yaratilar ekan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki undan ba’zisini o‘tib yuborsa, uni Alloh qiyomat kunida, O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q kunda Arshining soyasiga oladi», - dedilar». Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan.

Albatta qarzdor qarzini va’da qilingan kunda yoki iloji bo‘lsa undan oldinroq qaytarishi kerak. Olgan qarzini mol-mulkini sotib bo‘lsa ham uzishi shart. Qarzni uzish zarurligi islomda shu qadar kuchli ta’kidlanganki, qarzdan qutilish uchun sadaqa yoki zakot so‘rashga ham izn berilgan. Chunki bu masala nafaqat moliyaviy, balki ma’naviy majburiyatdir.

Qarzni to‘lashga qodir bo‘la turib uni o‘z vaqtida to‘lamaslik harom

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qarz yuki, ayniqsa qaytarilmagan qarzning xunuk oqibatlari haqida ogohlantirib, undan ehtiyot bo‘lishga chaqirganlar.

«Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdodni o‘qib bo‘lib, uch marta: «Bu yerda Banu Fulondan kim bor?», - dedilar. Bir kishi: «Men», - dedi. «Sohibingiz qarzi tufayli jannatdan to‘silib turibdi», - dedilar». (Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Islom bankchiligida qarzi-hasan tushunchasi

Islom moliyasi bo‘yicha taniqli olim Munavvar Iqbol qarzi-hasanni quyidagicha ta’riflagan:

«Foizsiz qarz. Bank bunday qarz shartnomasi tuzgan holatda mijozga ma’lum bir pul miqdorini beradi, mijoz esa aytilgan muddatda qarzni qaytarish majburiyatini oladi. Bank, qarzni qaytarish kafolati sifatida garov talab qilish huquqiga ega. Qarzni qaytarayotgan mijoz ma’muriy xarajatlarni (ya’ni bankning shu qarzni berish bilan bog‘liq turli xarajatlari) qoplash uchun ixtiyoriy mukofot – hiba ko‘rinishida bankka ma’lum bir miqdorda pul berishi mumkin».

Bugungi kunda ba’zi ulamolar qarz faqat foizsiz bo‘lishi mumkin, qarzi hasan esa Alloh taolo roziligi yo‘lida qilingan ehsondir. Mo‘min kishi qilgan ehsonining ajrini Allohdan umid qiladi, degan ma’noda islom moliya tizimida «qarzi hasan» iborasini «foizsiz qarz» ma’nosida qo‘llashdan qaytarishadi (ma’lumki foiz asosidagi qarz ayni ribo bo‘lib, buni Islom qattiq qaytargan). Shunga asosan islomiy banklar qarzi-hasan iborasini qo‘llashmaydi, balki oddiy «qarz» so‘zini ishlatishadi.

Alloh bandalari orasida, shu jumladan O‘zbekiston mo‘min-musulmonlari ichida O‘ziga qarzi hasana beradigan bandalarini ko‘paytirsin!

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Eron javob qaytardi: AQSh aviabazasiga zarba berildi

Эрон Бандар-Аббос яқинидаги ҳужумга жавобан АҚШ авиабазасига зарба берди.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Ronaldu «An-Nasr» yangi murabbiy tanladi

«Ан-Наср» клуби чемпионликдан сўнг бош мураббийлик лавозимини тарк этган Жорже Жезушга ўринбосар изламоқда.

Rossiya asirligida 7 mingga yaqin ukrainalik harbiy va 20 minggacha tinch aholi ushlab turilibdi

Украиналик ҳарбий асирларнинг 95 фоиздан ортиғи Россия асирлигида қийноқлар ва шафқатсиз муомалага дучор бўлмоқда

Armanistonni YEOIIda qolishga hech kim majburlamaydi, biroq tushuntirishlar zarur

Ереван иттифоқнинг Остонадаги саммитида ишчи даражада иштирок этади.

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.