Alisher Usmonovning tuzilmalari Alibaba Group bilan strategik sheriklik o‘rnatdi

Alisher Usmonovning tuzilmalari Alibaba Group bilan strategik sheriklik o‘rnatdi

Alibaba Group, «Megafon», Mail.Ru Group va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi Vladivostokdagi iqtisodiy forumda strategik sheriklik tuzilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Sheriklar 2019 yil birinchi choragida elektron tijoratning barcha segmentlarida korporasiyalar hamkorligini amalga oshiruvchi AliExpress Russia qo‘shma korxonasi tuzilishi bo‘yicha kelishuvni yakuniga yetkazishni rejalashtirmoqda.

«Elektron tijorat sohasida global yetakchi bilan sheriklik Rossiya iqtisodiyotining raqamli transformasiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazkur kelishuv Rossiya—Xitoy ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlashda katta imkoniyat eshiklarini ochadi. Rossiya elektron tijorat bozorining ulkan salohiyati mavjud. Shuningdek, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar oldida yangi bozorlarga chiqish borasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi», — deya mazkur kelishuvga izoh berdi Mail.ru Group va «Megafon» egalaridan biri bo‘lgan Alisher Usmonov.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!