Ajoyib! Ichkariga emas, tashqariga o‘rnatilgan lift (foto)

Ajoyib! Ichkariga emas, tashqariga o‘rnatilgan lift (foto)

Ko‘p qavatli binolarga doim lift o‘rnatiladi. Ofis binolarda u vaqtni tejash uchun o‘rnatiladi, kasalxonalarda bemorlar uchun, ba’zi binolarda esa u faqatgina yuk tashish uchun ishlatiladi. Tushunganimizdek, liftdan odamlarning og‘irini yengil qilish uchun foydalaniladi. Ammo hatto muhandislar ham “san’at asari” yaratishi mumkin. Xuddi mana bu liftga o‘xshab...

“Lloyd-bilding” lifti, London

Londondagi “Lloyd” binosining ikkinchi nomi - ichkaridan teskari uy. Bu nomni bino arxitektorlar tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, zinapoyalar va liftlarni tashqi tarafda joylashtirganligi sababli olganb deydi “odam.uz”.

Barcha 12 liftning devorlari shishadan yasalgan bo‘lib, u ko‘tarish paytida atrofni bemalol ko‘rinishni ta’minlaydi. Binoga faqat xodimlar kirish huquqiga ega, ammo har yili Londonning “Ochiq eshiklar kuni” paytida har kim Lloyd binosiga kirib, liftda sayohat qilishi mumkin.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!