Abu-Dabi dunyoning eng xavfsiz shahri deb topildi

Abu-Dabi dunyoning eng xavfsiz shahri deb topildi

Numbeo servisi jinoyatchilik bo‘yicha statistikani taqqoslagan holda dunyoning eng xavfsiz shaharlari ro‘yxatini tuzdi.

Ro‘yxatga 327 ta shahar kiritilgan bo‘lib, BAA poytaxti Abu-Dabi dunyoning eng xavfsiz shahri deb topildi. Bu shaharda jinoyatchilik ideksi 13,63 foizga, xavfsizlik indeksi 86,37 foizga teng deb topildi. Eng xavfsiz shaharlar beshtaligida Doxa (Qatar), Bazel (Shveysariya), Singapur va Kvebek (Kanada) bor.

Gondurasdagi San-Pelro-Sula esa dunyoning eng xavfli shahri sifatida e’tirof etildi. Numbeo ro‘yxatiga ko‘ra, bu yerda jinoyatchilik indeksi 85,18 foizga, xavfsizlik indeksi 14,82 foizga teng. 

Ro‘yxatga O‘zbekiston shaharlari kiritilmagan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!