"Abbosbek Fayzullayev so‘zsiz RPLdagi top-10 talikka kiradi"

"Abbosbek Fayzullayev so‘zsiz RPLdagi top-10 talikka kiradi"

“SSKA” klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

Futbol bo‘yicha “SSKA” klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov Rossiyaning “Sports.ru” internet nashriga intervyu davomida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

— Bilamizki, “SSKA” shartnoma imzolashdan oldin barcha yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazadi. Bu qanday testlar?

— Bu maydon testlari — sprintdan reaktiv va noreaktiv chaqqonlik sinovlarigacha bo‘lgan umumiy testlar. Ular doimo mushaklarning kuchi va muvozanati uchun testlar bilan birgalikda bo‘lib o‘tadi. Agar biror muhim og‘ish aniqlansa, biz ma’lumotlarni apparat tadqiqot usullari (MRT, MSCT) va klinik alomatlar natijalari bilan taqqoslaymiz.

— Fayzullayev darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va hozir RPLda yorqin o‘yin namoyish etmoqda. Uning testlaridagi natijalar qanday edi?

— Abbos biz testlarini “VEB Arena”da o‘tkazgan “SSKA” tarixidagi ilk futbolchi. Bunga qadar sinovlar “Oktyabr” stadionida o‘tkazilardi.

Fayzullayevning natijalari juda zo‘r bo‘lgan va u so‘zsiz RPLdagi top-10 talikka kiradi. Uning tezligi joyida, bu borada Abbos eng yaxshi rossiyalik yosh futbolchilar bilan bemalol raqobat qila oladi. Qolaversa, Abbos juda chidamli. “SSKA” so‘nggi 2-3 yil ichida bunday chidamli futbolchilar ko‘plab yetishib chiqqandi, jumladan, Kirill Glebov va Egor Ushakov.

Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum RPLda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!