$62 mln dollarga sotilgan kartina

$62 mln dollarga sotilgan kartina

Buyuk Britaniyalik rassom Sasha Jafri tomonidan chizilgan dunyodagi eng katta «The Journey of Humanity» (Insoniyat sayohati) nomli kartina Dubaydagi auksionda 62 million dollarga sotildi.

Qayd etilishicha, kartinani fransuz kripto valyutasi sohibi Andre Abdoune 62 million dollarga sotib olgan.

17000 kvadrat metrdan oshiq o‘lchamdagi bu kartina to‘rtta basketbol maydoniga tengdir.

Britaniyalik suratdan tushgan pullarni Dubai Cares, UNICEF, UNESCO, Global Gift Foundation va boshqa tashkilotlarning bolalarga yordam berishga qaratilgan xayriya loyihalari uchun sarflamoqchi. 

Javrining asosiy maqsadi 200 million bolaning hayotini saqlab qolishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!