6 oydan buyon xorijdagi shifoxonada komada yotgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

6 oydan buyon xorijdagi shifoxonada komada yotgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Federasiyasining Zariysk shahrida mehnat qilayotgan chustlik Boburjon Rasulovning boshiga kulfat tushdi. O‘tgan yilning sentyabrida ish joyida falokatga uchragan yurtdoshimiz qariyb olti oydirki, o‘sha joydagi markaziy shifoxonada koma holatida yotadi. Bu haqda Xalq so‘zi onlayn yozmoqda.

B. Rasulovning o‘ta og‘ir ahvoldaligidan xabar topgan Istiqbolli avlod ijtimoiy axborot markazi Namangan viloyat bo‘limi uni O‘zbekistonga olib kelish haqida tegishli idoralarga murojaat qildi. Boburjon yaqinda Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tomonidan uyiga olib kelindi.

Tug‘ilib o‘sgan go‘shasiga qaytarilgan hamyurtimiz ayni paytda yaqinlari mehri va shifokorlar nazoratida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!